Tovada pishiriladigan pitsa

Masalliqlar
Tovuq tuxumi — 1 dona
Qaynatilgan kolbasa — 1 kg
Baton non — 1 dona
Pishloq — ta'bga ko‘ra
Konservalangan no‘xat — ta'bga ko‘ra
Tuz — ta'bga ko‘ra
Tanho "Ko‘proq sirka" ketchupi — ta'bga ko‘ra
Tanho "Limon sharbati bilan" mayonezi — ta'bga ko‘ra
Tayyorlash yo‘riqnomasi

Qadam 1 .

Batonni yupqa bo‘laklarga kesib, tovada oltin rangga kirguncha qovuring. Tuxumni tuz bilan ko‘pirtirib, baton bo‘laklari ustiga bir tekis quying. Kolbasani to‘g‘rab, tuxum ustiga tering. Ketchup va mayonezni aralashtirib, hosil bo‘lgan sousni pitsa ustiga bir tekis surting.

Qadam 2 .

Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, pitsaning ustiga seping. Qopqog‘ini yoping va pishloq to‘liq eriguncha pishiring.

Tanho bilan birga pishiring

Pishloqli makaron

Mazali nonushta

Tovada pishiriladigan pitsa

"Yorqin" salati